Tavsiya_etamiz
Tavsiya_etamiz

Tavsiya_etamiz

Mazkur asar qahramoni Musobek zamonamiz yoshlaridan biridir. U ham necha minglab yurtdoshlarimiz qatori Rossiyaga ko’proq pul topish maqsadida ish izlab boradi va o’zining o’ta halolligi, mehnatsevarligi bilan hatto bezori, nopok insonlarni ham lol qoldiradi. Ularning dunyoqarashlari ijobiy tomonga o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Asar nihoyasida ulardan biri haqiqiy biznesmenga aylanadi, qolasersa, o’z sarmoyasini qo’shma korxona ochish, yangi ish o’rinlari yaratish maqsadida O’zbekistonga investitsiya sifatiga kiritadi. “Endi Rossiyaga kelib gastarbayter emas, balki o’z vatanlaringda ishlab, misterbayter bo’linglar “, dedi u. Tom ma’noda, taniqli yozuvchi Nabijon Hoshimov mazkur asarida adolatning razolatdan, halolning haromdan, poklikning nopoklikdan qanchalar ustun ekanini, diniy qarashlar va millitlar o’rtasidagi o’zaro samimiy munosabatlarni qalamga olgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *