Yosh avlodning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi va yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida 18 iyul kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon qizlar” kuni munosabati bilan “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitob va kitobxolik, ayniqsa qizlar tarbiyasi, oilaning tarbiyaviy – ta’lim salohiyatini mustahkamlash borasida so‘z yuritildi, yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kitobxon qizlar tomonidan she’rlar va o‘qilgan kitoblari haqidagi taassurotlari tinglandi.







