Shofirkon tumanida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D. Yuldashev o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi. Unda tuman hokimi M. Amonov va boshqa tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, xorijiy tillarni o‘rganish, ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlik sohalarida ularning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan birgalikda amalga oshirilgan sayi-harakatlar muhokama qilindi. Unda yoshlarning ota-onalari ham ishtirok etib, amaliy ko‘maklardan xursandliklarini bildirdilar.
Muloqot davomida ishtirokchilar ta’lim, biznes, innovatsiyalar va zamonaviy kasblar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.







