“Kitob -inson qalbini yoritadigan eng buyuk nur, O’tkir Hoshimov esa bu nurni asarlari orqali avlodlarga ulashgan adibdir.”
Bugun akademik T.Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda o’zbek adabiyotining zabardast vakili O’.Hoshimovning hayoti va ijodini o’rganish, adibning inson hayoti, mehir-oqibat, vijdon va Vatanga muhabbati haqidagi qarashlarni yosh avlodga yetkazish maqsadida “Ikki eshik orasidagi salmoqli umr” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda O‘.Hoshimovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida kitobxonlarga ma’lumotlar berildi va uning “Nur borki, soya bor” romani asosida tayyorlangan buktreyler namoyish etildi.
Kitobxonlar tomonidan adibning ona Vatan, tinchlik ne’mati,sevgi va sadoqat mavzularida yozilgan asarlaridan o‘qilgan namunalar barchada katta taassurot qoldirdi.
Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan tadbir kitobxonlarning adib ijodi haqidagi bilimlarini yanada boyitdi.







