Davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengatirish maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
“Siyosiy-ma’rifat soati” jarayonida akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi go’zal qadriyatlarimiz tarovatini ko’rsatib beruvchi milliy liboslarda ishtirok etdi.




