Mashhur gruzin adibi Nodar Dumbadzening ijodi o’zining chuqur lirizmi, dramatizmi, hazil-mutoyibasi bilan boshqa yozuvchilar ijodidan farqlanib turadi.
Adib asarlarida yaxshilik va yomonlik, haqiqatga intilish, sevgi-muhabbat motivlari sodda, tushunarli uslubda talqin etiladi.
Dumbadzening ko’pgina asarlari (“Abadiyat qonuni”, “Oq bayroqlar”, “Men, buvim, Iliko va Illarion” romanlari, “Kukaracha” qissasi va bir qancha hikoyalari) o’tgan asrning 80-yillaridan o’zbek tiliga tarjima qilina boshlagan va kitobxonlar mehrini qozongan edi. Buning boisi – yozuvchi asarlari o’zbek kitobxonlari ruhiyatiga yaqin.
Odamiylik, vatanparvarlik, do’stga sadoqat, milliylik, sevgi- muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi fazilatlar bu asarlar tub mohiyatini belgilaydi.
Shu bois adib qahramonlari o’quvchiga tanish odamlarday tuyuladi. Bundan “Qo’rqmang, onajon” romani ham mustasno emas.
