Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q Sh. Mirziyoyev
Shofirkon tuman AKMda aholi, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 16 aprel kuni Shofirkon tuman MMTB, faol kitobxonlar bilan hamkorlikda 2026-yil 13-17-aprel kunlari VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob ma’naviyat gavhari” nomli mavzuli kecha bo‘lib o‘tdi.


Maqsad – kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Tadbirda AKT rahbari S.Shirinova so‘zga chiqib, kitobxonlik bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida ziyoli, yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashda kitobning o‘rni, ularning ma’naviy dunyoqarashi yuksalishida kitobxonlik va kitob mutolaasining ahamiyati haqida so‘zladi va kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida motivasiyalar berdi.

Tadbirga umumta’lim maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, kitob haqidagi she’rlardan o‘qib berdilar va raqsga tushib tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.



Tadbir ishtirokchilariga “Tanishing, yangi adabiyotlar” nomli kitob-rasmli ko`rgazmasidan joy olgan adabiyotlar tanishtirib o‘tildi va mutolaa qilish uchun tavsiya etildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchiarga akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faol ishtiroklari uchun faxriy yo‘rliq bilan taqdirlandilar.
