Joriy yilning 25-avgust kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilliga atab “Yagona vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” nomli kitob-rasmli ko’rgazmasi tashkil etildi.
🇺🇿 Ko‘rgazmadan istiqlol davrida erishilgan yutuqlar, Mustaqil O’zbekistonimizda ijod qilib, o‘z asarlarida mustaqillikni tarannum etgan adiblarimiz asarlari, shuningdek, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan fan, ta’lim, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, madaniyat va sport sohalaridagi yutuqlar, demokratik jamiyat qurish imkoniyatini bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi adabiyotlat o‘rin olgan.







