(Shofirkonlik filologiya fanlari doktori Ibrohim Haqqulga bag’ishlab)
Namrud yoqqan olovdan omon chiqqan Ibrohim,
Sizni oddiy onamas, arslon tuqqan Ibrohim!
Bobongiz Haqning quli, otangiz Haqning quli,
HAQqa mehr Haqqullik qondan o‘tgan Ibrohim!
Kimlar davronga banda,kimlar unvonga banda,
Unvonmas, chap ko‘ksida iymon balqqan Ibrohim!
Millat, Vatan, shon deya,erk, hurlik, vijdon deya,
G‘aflatdan uyg‘on! deya, chaqmoq chaqqan Ibrohim!
Fikri, zikri, so‘zi nur,jismi, joni, o‘zi nur,
Olam, Odam sirini erta uqqan Ibrohim!
Shoh Navoiy, Boburdan,Yassaviydek nodirdan,
Ilmu irfon nahrida to‘lib oqqan Ibrohim!
Ming dostondir o‘tmishi, qahramonlik kechmishi,
Qutlug‘ bo‘lsin yetmishi, kulib boqqan Ibrohim!
Shofirkonlik shoir BOBOQUL USMON
