Tog‘ay Murod:
Yulduzlar mangu yonadi
“Yulduzim mangu yonadi”, deydi asarda bosh qahramon Bo‘ri Polvon. Aslida, bu so‘zlar yozuvchi yuragining tub-tubidan chiqqan nido bo‘lsa ajab emas. Bo‘ri polvon obrazi orqali Tog‘ay Murod o‘z asari umrining uzunligini aytganday bo‘ladi.
Tog‘ay Murodning “Yulduzi” mangu charaqlab turibdi. Uning ko‘plab asarlari, xususan, “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi ham yillar sinovidan o‘tib kelmoqda.
Mangulikka daxldor mazkur qissani siz aziz kitobxonlarga ilindik. Qissani o‘qib siz haqiqiy o‘zbek kishilari bilan tanishasiz. Asarning xalqchil ruhi sizni o‘ziga maftun etadi.
