Muomala madaniyati insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi.
Muomala madaniyatini rivojlantirish orqali biz nafaqat insonlararo munosabatlarni yaxshilaymiz, balki butun jamiyatni ham takomillashtiramiz.
Joriy yilning 13-oktabr kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida “Muomala madaniyati – xodimning ma’naviy qiyofasi” mavzusida “Ma’rifat soati” bo’lib o’tdi.
Muomala madaniyatini rivojlantirish orqali biz kelgusi avlodlar uchun ham muhim poydevor yaratamiz. Zero, yaxshi muomala – baxtu saodatning kalitidir…





