Yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini tarbiyalash, ulug‘ adiblarimiz bosib o‘tgan hayot yo‘lini o‘rnak sifatida ko‘rsatish maqsadida bugun Shofirkon tuman AKMda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludiga bag’ishlab “Diyonatni dilga jo aylab…” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Odil Yoqubov asarlari shunchaki badiiy mutolaa vositasi emas, balki inson qalbini tarbiyalovchi, uni hayot murakkabliklarida to‘g‘ri yo‘l topishga o‘rgatuvchi ma’naviy mayoqdir.
Tadbir davomida yozuvchining hayoti va ijodiga doir qiziqarli savol-javoblar hamda viktorina o‘yinlari tashkil etildi.
O. Yoqubov ijodi o‘zbek romanchiligini yangi badiiy va falsafiy bosqichga ko‘targan, inson sha’ni, vijdon va adolatni ulug‘lagan betakror adabiy merosdir.







