Ilmli qiz-jamiyat ko’zgusi
Ilmli qiz-jamiyat ko’zgusi

Ilmli qiz-jamiyat ko’zgusi

“Kitobxon qizlar kuni” ning asosiy ahamiyati — jamiyatda ilmli, yuksak ma’naviyatli xotin-qizlar qatlamini shakllantirish orqali kelajak avlod tarbiyasi va sog‘lom oila poydevorini mustahkamlashdan iboratdir.
Bugun akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilimli qizlar safini kengaytirish maqsadida “Kitobxon qizlar” kuni munosabati bilan “Ilmli qiz-jamiyat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman “Buvijonlar maktabi”, 17-umumta’lim maktabi, kitobxon qizlar, faol kitobxonlar va axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida kitobxon qizlar o‘zlari o‘qigan kitoblaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Kitobga oshno bo‘lgan qizlar ulg‘ayib, yurtimizning ilm-fani, madaniyati va iqtisodiyotini rivojlantiradigan, mamlakat istiqbolini belgilaydigan haqiqiy kuchga aylanadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *