“Milliy kun” – yurtimiz qadriyatlariga hurmat nishonasi
Milliylik – bu xalqning tarixi, tili, urf-odatlari, madaniyati va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan buyuk o‘zlik ko‘zgusidir. U ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan muqaddas qadriyat bo‘lib, millatning ruhiyati va qiyofasini belgilaydi.
Shofirkon tuman AKM “Milliy kun”ni nishonlash orqali quyidagi qadriyatlarga xizmat qilmoqda:
• Xodimlar orasida milliy liboslar va madaniy merosga hurmatni kuchaytirish;
• Kitobxonlar bilan muloqotda qadriyatlarimizni yuksak e’tibor bilan taqdim etish;
• Milliy qadriyatlar orqali jamoa birligini mustahkamlash, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish.
AKM jamoasi “Milliy kun” orqali ma’naviy yuksalishni, o‘z tariximizga sadoqatni, xalqimizga xos mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini faol targ‘ib etmoqdalar.
Bu kun nafaqat libos, balki yurakdagi faxr, o‘z ildizlarimizga hurmat, ajdodlarimiz merosini qadrlashdir





