Yoshlar o‘rtasida jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman bosqichi Joriy yilning 23-oktabr kuni Shofirkon tumanidagi 13-umumta’lim maktabida tashkil etildi.
Mazkur tanlovdan maqsad: o‘quvchilarning jadid ma’rifatparvarlari hayoti va faoliyati, xalq ma’rifati, yurt taraqqiyoti yo‘lida olib borgan ishlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, kitobxonlik darajasi va tayyorgarliklari orqali bellashib, g‘oliblik uchun munosib raqobat olib bordilar.
Tanlov yakuniga faxrli o‘rinlarni egallagan tadbir ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.










