Lirik_chekinish                                                                                                                                                                                                          Shofirkonning yuz yillik to‘yiga to‘yona she’ri
Lirik_chekinish Shofirkonning yuz yillik to‘yiga to‘yona she’ri

Lirik_chekinish Shofirkonning yuz yillik to‘yiga to‘yona she’ri

Nurga to‘la nur makonim,
Baxtga to‘la hur makonim,
Bolam deb bag‘riga bosgan,
Onajonim Shofirkonim!

Qutlug‘ bo‘lsin ulug‘ yoshing,
Asrga teng seni boshing.
Iqbolga chorlar quyoshing,
Onajonim, Shofirkonim!

Boshga qo‘ngan baxt qushisan.
Donolarning beshigisan,
Ilmu urfon eshigisan.
Onajonim, Shofirkonim!

Ne— ne buyuk ajdodlarga,
Ona bo‘lib, avlodlarga,
Siyna tutding pok zotlarga,
Onajonim, Shofirkonim!

Mehr porlar qarog‘ingda,
Baxt xidi bor, tuprog‘ingda,
Armonim yo‘q quchog‘ingda,
Onajonim, Shofirkonim!

Baxti kulgan peshonamsan,
Muborakbod ostonamsan.
Tuy boshlagan tuy xonamsan,
Onajonim, Shofirkonim!

Salomat bo‘l, bo‘lgin omon,
Sen hamisha bo‘l navqiron.
Olqishlaydi har bitta jon,
Onajonim, Shofirkonim!,

Onam, jonim, Shofirkonim!

SAODAT VALIYEVA

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *