Huquq – davlat tomonidan belgilanadigan yoki qo’riqlanadigan umuman majburiy ijtimoiy me’yorlar tizimi hamda fuqarolarga qonunlar bilan kafolatlangan imkoniyatlar majmuyidir. U jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlaydi.
Joriy yilning 5 iyun kuni Shofirkon tuman AKMda “Inson huquqlari qonun himoyasida” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma yangi kitoblar bilan boyitildi.
Har bir huquq fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, shaxs erkinligi va qonun ustuvorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu huquqlarning nazariy asoslarini bilish va ularni amalda qo‘llay olish fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshiradi va ijtimoiy faolligini kuchaytiradi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi I.Bahronova foydalanuvchilarni Konstitutsiya va qonunchilikka oid kitoblar bilan tanishtirib, mutolaa uchun tavsiya etdi.





