Ayol bor jamiyatda, oilada, ijtimoiy muhitda tinchlik-totuvlik, osoyishtalik, ezgulik, tadbirkorlik, saranjom-sarishtalik, sabr-qanoat, mehr-oqibat, insonga xos moddiy va ma’naviy saхovat bo‘ladi.
Shofirkon tumanida xotin-qizlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri sifatida Shofirkon tuman AKMda “Ayol uchun” loyihasi doirasida xotin-qizlar ishtirokida “Ma’rifatli ayol – jamiyat taraqqiyoti omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlikning oila ma’naviy muhitini mustahkamlashdagi ahamiyati hamda ayollarning farzand tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.
Tadbirda xotin-qizlarni muntazam kitob mutolaasiga jalb etish, ularning ilm olish, kasb-hunar egallash va zamonaviy bilim oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Uchrashuvda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ayollarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazida yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondlari va elektron xizmatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi
Mazkur tadbir xotin-qizlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’rifatli avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.










