Mahalla insonning hayotga yo‘nalishini belgilaydigan muhit, o‘zaro hurmat va hamjihatlik makonidir. U yerda insoniylik, birdamlik va mehr-oqibat qadrlanadi.
Mahallaning obodligi, undagi tibbiy va ekologik muhitning barqarorligi Yangi O‘zbekistonning poydevorini yanada baquvvat qiladi. Bu ezgu maqsad yo‘lida birlashish va mahallani chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish farovon kelajak va yuksak taraqqiyotning eng ishonchli kafolatidir.
Joriy yilning 9 iyun kuni Shofirkon tuman AKMda 2026-yil “ Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”ga bag‘ishlab “Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad: mahallalarda yoshlar va xotin-qizlarning bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishdan iborat






