Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.
Sh.Mirziyoyev
Iqtisodiyot – jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat uning qiymatlari, axloqi, madaniyati, urf-odatlari va g‘oyalari hisoblanadi.
Bugun 8 sentabr kuni Shofirkon tuman AKMda “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
“Ma’rifat soati” davomida milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.





