“Milliylik — bu faxrlanish uchun emas, munosib yashash uchun berilgan mas’uliyatdir.”
Milliylik – bu ajdodlardan meros bo’lib qolgan qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishdir.
Milliylikni yo’qotgan xalq o’z tarixiy ildizlaridan uzoqlashadi.
“Milliy qadriyatlarini unutgan xalq o’zligini anglash va tarixiy xotirasini saqlashda qiyinchilikka duch keladi.”
“Milliylik xalqning o’zligini belgilaydi, tarixiy ildizlari esa uning kuch-qudrati va davomiyligining manbaidir.”
Juma kuni “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan AKM mutaxassislari ham o’z ish joylariga milliylikni qadrlagan holda milliy liboslarda ish olib bormoqdalar.





