Milliy urf-odatlar millat va elatning tarixi, anʼanalari, xalq ogʻzaki ijodi, sanʼat va adabiyoti, turmush tarzi va boshqa omillar taʼsirida shakllanib, takomillashib boradi.
Milliylik mamlakatimizda istiqlol tufayli 130 dan ortiq millat va elat vakillari urf-odat va anʼanalarini asrab avaylash, takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Milliylik esa asrlar davomida shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, urf-odat va milliy oʻzlikni anglashni ifodalaydi.
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda namunali ish olib bormoqda.







