O tkir Hoshimovning ijodi bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Uninig asarlarini mutolaa qilish har bir kitobxonga hayotning mazmunini, insoniy fazilatlar va mehr-muhabbat qadrini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, yoshlarga milliy va jahon adabiyotini tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning ijod va umr yo’llari chizgilarini, badiiy merosini o‘rganish maqsadida yozuvchining “Nur borki, soya bor” kitobi asosida tayyorlangan buktreylerni havola etamiz.
