📚Spartak – ezilgan, xo’rliklar ostida yashayotgan xalqi, dushmanlar oyog’i ostida ezg’ilanayotgan vatani taqdiriga befarq qarolmagan mard o’g’lon haqida yozilgan tarixiy qissa qahramoni.
📕U faqat xo’rlangan xalqini himoya qilibgina qolmay, o’zi kabi zabardast, bilagida kuchi bor o’g’lonlarni ham bu sharafli ishga – dushmanlarga qarshi kurashga chorlaydi.
📗Jang yakuni fojia bilan tugasa-da, ammo Spartakka hamroh bo’lgan, maydonda uni qo’llab-quvvatlagan yigitlar qalbida mag’rurlik fazilati saqlanib qoladi va ular mana shu tuyg’u bilan oxirigacha kurash olib boradilar.
📘Vatan ozod bo’ladi, Spartak kabi jasur o’g’lonlar xotirasi esa xalq yuragida abadiy saqlanib qoladi.
📙Kitob kitobxonlarga Vatan ozodligi naqadar buyuk ne’mat ekanligini anglatadi va aynan mana shu jihati bilan «Spartak»ni biz sizga taqdim etmoqdamiz.

