Vobkent nuroniylari — Shofirkon mehmoni
Vobkent nuroniylari — Shofirkon mehmoni

Vobkent nuroniylari — Shofirkon mehmoni

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Ma’rifatparvar nuroniylarlarning ibratli hayot yo‘li” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida Vobkent tumanining nuroniylari Shofirkon tumanida mehmon bo‘ldilar.

Samimiy mehmondo‘stlik va ezgu niyatlar bilan boshlangan tashrifning dastlabki manzili—Xo‘ja Orif ar-Revgariy ziyoratgohi bo‘ldi.

Nuroniylar ziyoratgohda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yosh avlodning kelajagi uchun ezgu duolar qildilar.Ziyorat jarayonida ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy meros,milliy qadriyatlar va bugungi osuda hayotimizning qadr-qimmati haqida fikrlar almashildi

Tuman Ma’naviyat va ma’rifat maskanida nuroniylar ishtirokida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitobining taqdimoti tashkil etildi.

Tashrif davomida Vobkent tumanidan kelgan nuroniy mehmonlar akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda nuroniy onaxonlar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildilar.

AKM xodimlari tomonidan mehmonlarga kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi va “Mutolaa yangi olamlarni ochadi” nomli yangi adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi.

Taqdimot davomida nuroniylar kitob bilan tanishib,milliy qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga singdirish, ularni ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Suhbat davomida yurtimizda nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, oilaviy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi hamda mahallalarda ahillik muhitini mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Uchrashuv samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Vobkentlik nuroniylar uchun “Ilhom” tantanalar majmuasida dasturxon yozilib, mehmonlar e’zoz bilan kutib olindi.

Shofirkon tumaniga tashrif buyurgan bir guruh vobkentlik nuroniylarga tuman hokimi M.Amonovning tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Tashakkurnomalarda nuroniylarning yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, mahallalarda obodlik va bunyodkorlik muhitini qaror toptirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki va jamoatchilik ishlariga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Samimiy muloqot va ezgu tilaklar bilan davom etgan tadbirda nuroniylarga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy xotirjamlik tilandi.

Tadbir so‘ngida bayramona kayfiyat yanada ko‘tarilib, xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davom etdi. Nuroniylar dilbar taronalar, samimiy suhbat va ko‘tarinki kayfiyatdan bahramand bo‘ldilar.

Нет комментариев

Оставьте первый комментарий.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *