#Oilaviy_kitobxonlar_ziyo_maskanida
#Oilaviy_kitobxonlar_ziyo_maskanida

#Oilaviy_kitobxonlar_ziyo_maskanida

Oilaviy kitobxonlik — ma’naviyat va tarbiyaning mustahkam poydevori.

Oilaviy kitobxonlik — bu oila a’zolarining birgalikda kitob o‘qishi, o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr almashishi va mutolaani hayot tarziga aylantirishidir. Bunday muhitda ulg‘aygan farzandning dunyoqarashi keng, nutqi ravon, tafakkuri teran bo‘ladi. Eng muhimi, kitobxon oila ma’naviy jihatdan boy va mustahkam bo‘ladi. Avvalo, oilada kitob o‘qish odati ota-ona namunasi orqali shakllanadi.
Joriy yilning 1-iyul kuni Shofirkon tuman AKMda oilaviy kitobxonlar tashrif buyurdilar.
Oilaviy kitobxonlik – Yangi O’zbekiston kelajagi. Kitob bizga hayotni o’rgatadi, har birimizni dunyo sir-sinoatlari va ma’rifatidan bahramand etadi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Ahrorova kitobxonlarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, nodir va noyob adabiyotlar muzeyi va qiziqarli kitoblar haqida ma’lumot berdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *