Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q.
Sh.Mirziyoyev.
Kitob inson hayotining barcha jabhalarida katta ahamiyat kasb etadi. U bilim va ma’rifat manbai bo‘lishi bilan birga, kishining axloqiy va ma’naviy jihatdan kamol topishida ham muhim rol o‘ynaydi.
Joriy yilning 2-iyul kuni Shofirkon tuman AKMda tuman iqtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomidao’quvchilar kutubxonaning boy kitob fondi, elektron katalog tizimi, axborot-bibliografiya xizmati hamda kitobxonlarga xizmat koʻrsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlarni har tomonlama fikrlaydigan ma’nan yetuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil eta oladigan, barkamol inson qilib tarbiyalash bizning asosiy vazifalarimizdan biridir.







