Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim!
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim!

Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim!


(Bitiruvchilarga)

Qaynoq ko‘ngillarda oppoq tuyg‘ular,
Chamandagi xushxon sanduvochlarim.
Alvon ufqlarga boshlar orzular,
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim.

Ko‘ksingizda el-yurt mehri jo‘sh urar,
Yaxshilar qo‘llab ham, quvvatlab turar,
Baxtingizda ular iqbolin ko‘rar,
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim.

Sizni qarshi olar bu tezkor hayot,
Novvot cho‘qqilarga qoqasiz qanot,
Ajdodlar ruhini albat eting, shod,
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim.

Qadrdon maktabning yorug‘ yuzisiz,
Ota-onangizning ko‘rar ko‘zisiz,
Hur diyorning bosgan gulday izisiz,
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim.

So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar hali,
Yurakda sog‘inchlar yongan mahali,
Maktab, ustozlarni keling ko‘rgali,
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim.

O‘zbekning nomini olamga yoying,
Yaxshilik nuriga chehrangiz chaying,
Omon Abdulladay vatanni suying,
Parvozga shay turgan qaldirg‘ochlarim.

OMON ABDULLA

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *