Tavsiya_etamiz
Tavsiya_etamiz

Tavsiya_etamiz

✍️ Fyodor Dostoyevskiy
📚 Telba

🖥Mazkur roman muallif tomonidan Shvetsariyada – buyuk maʼrifatparvar Russo vatanida yozilgan. Bu kitob nomukammal dunyoda “komil inson”ni tasvirlashga qilingan dastlabki urinishlardan biri edi.

⏳Bu asar inson tabiatining murakkabliklari va ziddiyatlari haqidagi roman boʻlib, unda bosh qahramon knyaz Mishkin atrofidagilar nazarida oʻzining soddaligi va gʻayrioddiy dunyoqarashi tufayli “Telba” sifatida qabul qilinadi.

📜Uning soddaligi va samimiyati baʼzilarning nafratini, boshqalarning hayratini uygʻotadi, shuningdek, Nastasya Filippovna va Rogojin bilan bogʻliq fojiaviy voqealarni keltirib chiqaradi.

📌Roman ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, eʼtiqod va shubba mavzularini tadqiq etadi, shuningdek “komil insonning” shafqatsiz va baʼzan begʻam voqelik bilan oʻzaro munosabatini bildiradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *