“Zakovat – bilimdonlar o‘yini” nomli “Zakovat” intellektual o`yini
“Zakovat – bilimdonlar o‘yini” nomli “Zakovat” intellektual o`yini

“Zakovat – bilimdonlar o‘yini” nomli “Zakovat” intellektual o`yini

Mukammal zakovat,agar,ta’bir joiz bo‘lsa, barcha asrlardagi aqlni o‘zida mujassam etadi. V.Fontenel.

Joriy yilning 16 aprel kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, respublika miqyosida 2026-yil 13-17-aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat – bilimdonlar o‘yini” nomli “Zakovat” intellektual oyini bo‘lib o‘tdi.

“Zakovat – bilimdonlar o‘yini” nomli “Zakovat” intellektual o‘yinida “Tafakkur”, “Kamolot”, “Alif”,”Bilimdon”,”Zukkolar” va “Renesans” guruhlari o‘zaro bellashdilar.

Natijalarga ko’ra I-o‘rinni 8-umumta’lim maktabining “Kamolot” guruhi, II-o‘rinni 54-umumta’lim maktabining “Zukkolar”guruhi, III-o‘rinni esa 40-umumta’lim maktabining “Alif” va 34-umumta’lim maktabining “Tafakkur” guruhlari g‘olib deb topildi va akademik Tora Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, yildan-yilga kitobsevarlarni o‘ziga chorlayotgan bunday intellektual o`yinlar yoshlarning yanada ko‘proq bilim olishga intilayotganlarini ko‘rsatadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *