šSpartak – ezilgan, xo’rliklar ostida yashayotgan xalqi, dushmanlar oyog’i ostida ezg’ilanayotgan vatani taqdiriga befarq qarolmagan mard o’g’lon haqida yozilgan tarixiy qissa qahramoni.
šU faqat xo’rlangan xalqini himoya qilibgina qolmay, o’zi kabi zabardast, bilagida kuchi bor o’g’lonlarni ham bu sharafli ishga – dushmanlarga qarshi kurashga chorlaydi.
šJang yakuni fojia bilan tugasa-da, ammo Spartakka hamroh bo’lgan, maydonda uni qo’llab-quvvatlagan yigitlar qalbida mag’rurlik fazilati saqlanib qoladi va ular mana shu tuyg’u bilan oxirigacha kurash olib boradilar.
šVatan ozod bo’ladi, Spartak kabi jasur o’g’lonlar xotirasi esa xalq yuragida abadiy saqlanib qoladi.
šKitob kitobxonlarga Vatan ozodligi naqadar buyuk ne’mat ekanligini anglatadi va aynan mana shu jihati bilan Ā«SpartakĀ»ni biz sizga taqdim etmoqdamiz.

